French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Boysun bahori": Padangda xalqaro ko‘rik-tanlovni andijonliklar boshlab berdi
14:20 / 2022-05-07

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Padang kengligida "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalining ko‘rik-tanlovi boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7 fevraldagi “Boysun bahori xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq dunyo xalqlarining sanat bayramiga aylanayotgan tadbirning ko‘rik-tanlovini Andijon viloyatining "Zilola" folklor xalq ansambli jamoasi boshlab berdi.

– Asrlar davomida shakllanib, sayqal topgan xalq og‘zaki ijodi va milliy qadriyat, ananalarimiz tarannum etilayotgan festival tanlovida "Andijoncha to‘y" nomli dasturimizni ijro etdik, – deydi ansambl rahbari Muqaddasxon Toshtemirova. – Shuningdek, tarixi olis o‘tmishga borib taqaladigan xalq o‘yinini namoyish qildik. Olqishlardan chiqishlarimiz festival tomoshabinlariga manzur bo‘ldi, degan fikrga keldik.

Xalqaro ko‘rik-tanlovda mamlakatimizdagi 14 ta folklor xalq ansambli hamda Buyuk Britaniya, Fransiya, Qozag‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlarining eng sara sanatkorlari ishtirok etmoqda.

Xalqaro hakamlar hayati har bir chiqishni tanlov nizomi asosida belgilangan mezonlar asosida  baholab bormoqda. 

Ko‘rik-tanlov davom etmoqda.

[gallery-6976]

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA