FOTOREPORTAJ
Sayyoramiz tamadduni beshiklaridan biri, nomoddiy madaniy meros makoni, xushmanzara Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali davom etmoqda.
Festivalning asosiy tadbirlari o‘tayotgan Bibishirin mahallasidagi zamonaviy yangi kompleks bayramona bezatilgan. Turli anvoyi gullar ifori esayotgan keng maydonda qadimiy o‘tovlar, asrlar davomida shakllanib, sayqal topgan milliy qadriyat va an’analarimiz aks etgan turli ko‘rgazmalar, zamonaviy mehmonxona va boshqa xizmatlar ko‘rsatish inshootlari maftunkor tog‘li tumanga o‘zgacha tarovat, shukuh ulashmoqda.
Ishtirokchi davlatlar va festivalda qatnashayotgan xalqaro tashkilotlarning bayroqlari osmono‘par tog‘ qo‘ynida mayin hilpirab, ajdodlardan meros do‘stlik, hamjihatlik, botirlik va jasorat, tinch, to‘kin hayot va sadoqat dostonlarini kuylayotgandek taassurot uyg‘otadi.
[gallery-17274]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA