Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutliklarga Prezident sovg‘asi – zamonaviy yo‘l-qurilish texnikalari topshirildi
11:51 / 2022-12-24

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida favqulodda vaziyatlar quyi tizimi xizmatlari, mavjud kuch va vositalarning shayligi, kommunal xizmat korxonalarining avariya-dispetcherlik xizmatlariga biriktirilgan maxsus texnikalari ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etdi.  

Ko‘rik davomida, tumandagi ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan Prezident sovg‘asi – maxsus texnikalar tantanali ravishda topshirildi.

Viloyat hokimi tuman faollari va nuroniylari bilan ham uchrashib, ularning takliflariga quloq tutdi. Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tumanda amalga oshiriladigan ishlar borasida fikr almashdi.

— Aholini bugun rozi qilishimiz kerak, ular “ko‘changiz shu yil dasturiga asosan ta’mirlanadi”, degan izohlardan charchagan, – deydi viloyat rahbari. — Bugun topshirilgan "Prezident sovg‘asi" — 1 dona avtogreyder, 1 dona frontal yuk ortish va 1 dona og‘ir yuk tashish texnikasi Respublika byudjetidan ajratilgan 2,3 milliard so‘m evaziga xarid qilingan. Bu o‘z navbatida tumandagi barcha ichki yo‘llarni qisqa muddatlarda, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz ta’mirlash imkonini beradi.

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat),O‘zA