Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutdagi maktab zamonaviy jihozlandi
11:14 / 2023-07-11

Yangi o‘quv yilida Sirdaryo viloyatining olis hududidagi Boyovut tumani “Gulbog‘” mahallasidagi 18-umumta’lim maktabi o‘quvchilarining quvonchiga quvonch qo‘shiladigan bo‘ldi.

Ushbu maktab “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanayotgan ijtimoiy soha ob’ektlaridan biridir. O‘quvchilar uchun munosib va zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ilgari surilgan tashabbus 3 mingdan ziyod ovoz to‘pladi. Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 700 million so‘m ajratildi. Maktabga 22 aqlli o‘quv doskalari, 3 kompyuter jamlanmasi, maktab hududi hamda sinf xonalari uchun video kuzatuv moslamalari, radio uzel kabi uskunalar olib kelib o‘rnatildi.

[gallery-12725]

 

Sh.Suyarov, O‘zA.