Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida eksportyor korxonalar tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 6 million 100 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Bu haqda Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 30 sentyabr holatiga tumanda 9 oylik mahsulot eksporti rejasi 113 foizga bajarildi. Ushbu ko‘rsatkich yillik rejaga nisbatan 84 foizni tashkil etadi.
Eksporter korxonalardan – “Golden osiyo center co” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2 million 693 ming, “Orzu tekstil SV” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona 2 million 425 ming, “Nyu York sentr ko” MCHJ 514 ming AQSH dollorlik un,“Muhammad Ibrohim eksport” MCHJ 404 ming AQSH dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirib, 9 oylik rejani ortig‘i bilan bajarilishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdi.
2020 yilning 1 noyabr holatiga boyovutliklar 7 million AQSH dollaridan ortiq mahsulot eksportini amalga oshirib, yillik eksport rejasini 95 foizdan ortig‘iga uddaladilar.
Shu o‘rinda, 2020 yilning yanvar – sentyabr oylarida tumanga 4 million 200 ming AQSH.dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etilganini ham alohida ta’kidlash joiz.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida “Nyu York sentr ko” MCHJ tomonidan joriy yilning 1-choragida qiymati 800 ming AQSH dollari miqdoridagi Turkiya davlatidan zamonaviy tegirmon olib kelingandi. Ushbu tegirmon o‘rnatilgach, 1 kunda qo‘shimcha 120 tonna bug‘doyni qayta ishlanib, yuqori sifatli un mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu korxonada yana 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi va uning eksport salohiyati 2 baravarga ortadi, deganidir.
A.QAYUMOV, O‘zA