Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutda yangi un korxonasi
11:26 / 2014-10-09

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida un ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Boyovut max profi” korxonasi faoliyat boshladi.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida un ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Boyovut max profi” korxonasi faoliyat boshladi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

Eng zamonaviy texnologik liniya bilan jihozlangan mazkur korxona bir kunda 90 tonna un ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Korxona rahbari Akmal Abdullayevning aytishicha, bu yerda 48 yigit-qiz ishli bo‘ldi. Yil oxiriga qadar uning ikkinchi navbati ham foydalanishga topshiriladi. Shunda ishlab chiqarish hajmi ham, ishchi-xizmatchilar soni ham oshadi.