Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutda tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi
20:03 / 2025-02-23

FOTOREPORTAJ

Bahor fasli yaqinlashishi bilan tabiat uyg‘onib, atrof yashillikka burkanayotgan bugungi kunda obodlik ishlari jadallashib, yurtimiz yanada chiroy ochmoqda. Mahallalarda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tomorqadan samarali foydalanish tashabbusiga barcha birdek bel bog‘lamoqda.

Jumladan, Boyovut tumanidagi «Anorzor» mahallasida «Sayxunobod tajribasi»ini yanada kengroq targ‘ib qilish, tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tumandagi 4-sonli maktab direktori Umarqul Andaqulov xonadonida tashkil etilgan seminarda tuman hokimi, sektor rahbarlari, mahalla raislar hamda hokim yordamchilari, tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etdilar.

[gallery-21888]

Seminarda so‘z olganlar tomonidan obodlik va baraka yo‘lida qilinayotgan har bir harakat ertangi kunning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilishi, bugungi ilg‘or tajribalarni har bir rahbar o‘z xonadonida joriy etishi lozimligi ta’kidlandi.  

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA