bugungi kunda suv taqchilligi hamda suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib bormoqda. Bu esa qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini keskin oshirishni talab etmoqda.
Prezidentimizning 2020 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida ham amaliy ishlar boshlandi.
Tumanda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar shakllantirilgan.

Xususan, tumanda 2021 yilda paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish 2532 gektar maydonga rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 1096 gektar tomchilatib, 1157 gektar yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatish belgilab olingan. Ushbu yo‘nalishda tumanda 40 ta fermer xo‘jaligi tomonidan tomchilatib sug‘orish uchun 1549 gektar, yomg‘irlatib sug‘orish uchun 6 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 1157 gektar maydonlarga shartnomalar tuzilgan bo‘lib, jami 46 mlrd.so‘m moliyalashtirilgan. Tomchilatib sug‘orish uskunalarini yetkazib berish “Xinjiang Demeter Agricultural Technology Co. Ltd.” pudratchi tomonidan ta’minlab kelinmoqda.

2021 yilda tumanda “Erkin Madadkor Fayz” fermer xo‘jaligi 10 gektarga, “Sanjarbek Jo‘rayev” fermer xo‘jaligi 19 gektarga, “Mavlonqul bobo farzandlari” fermer xo‘jaligi 41 gektarga xamda “Boyovut techno cluster” MCHJ tomonidan 617,3 gektar maydonlarga suv tejovchi texnologiyalari to‘liq joriy qilinib, undan unumli foydalanilayapti.

bugungi kunda tumanda 2022 yil hosili uchun jami 2184 gektar maydonga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish rejalashtirilgan. Shundan, paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha 1600 gektar, bog‘larga 310 gektar, tokzorlar 24 gektar va boshqa 30 gektar yer maydonlariga o‘rnatish rejalashtirilgan. Shuningdek, 220 gektar g‘alla maydonlariga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilinmoqda.
Shuhrat Suyarov, O‘zA