Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutda sanoat salohiyati: yutuqlar va raqamlar tahlili
10:19 / 2025-08-14

FOTOREPORTAJ

Boyovut tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Botirbek Usmonov tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

[gallery-24746]

Tadbir davomida tuman hududining sanoat salohiyati, mavjud korxonalar faoliyati hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlar xususida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, ayni paytda Boyovut tumanda 254 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning dastlabki olti oyi davomida ushbu korxonalar tomonidan 2 trillion 578 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Anjumanda, shuningdek, mazkur sanoat korxonalarida 2 ming 500 nafarga yaqin fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangani, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar soni esa 70 turdan ortiq ekani ta’kidlandi. Bu raqamlar tumanda sanoat salohiyatining yildan-yilga oshib borayotganini ko‘rsatadi.

B. Usmonov tomonidan bayon etilgan ma’lumotlar tumandagi iqtisodiy barqarorlik, ishlab chiqarish hajmining oshishi va aholi bandligining ta’minlanishida sanoat sohasi muhim o‘rin tutayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutasaddilardan tegishli javob oldi.         

O‘zA fotomuxbiri

Shahriyor ORTIQBOEV olgan suratlar