Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutda "Qizlarjon tashabbusi" forumi
17:08 / 2024-10-11

Guliston davlat universitetining Boyovut tumani hududida joylashgan Sport faoliyati fakultetida 11 oktyabr –Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tuman hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan Sport faoliyati fakulteti talaba-qizlari, maktab o‘quvchilari, oqila ayollar, ko‘chaboshilari o‘rtasida "Qizlarjon tashabbusi" shiori ostida qizlar forumi o‘tkazildi.

Forum doirasida umumta’lim maktablarida xalqaro va respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida, turli- tuman sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba va o‘quvchi qizlar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, Prezident stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.  

Shuningdek, Sport faoliyati fakultetining 1-bosqich talaba qizlari va 23-umumta’lim maktabini 2025 yilda bitiruvchi qizlar o‘rtasida "Sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida sportning bir qancha turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, universitetning 1-bosqich talaba  qizlari Rayhonga Hamdamqulova, Sevinch Homidova, Jasmina Xo‘jamshukurova, Muyassar Ma’murova, Komila Orifjonovalar g‘olib bo‘lib, forum tashkilotchilarining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

–Boyovutda Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad keng dunyoqarashli, chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular iqtidorini yuzaga chiqarish edi, – deydi Boyovut tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mehriniso Eshonxonova.–O‘ylaymanki, bu maqsadga erishdik.

Muxtasar aytganda, "Qizlarjon tashabbusi" forumida talaba va o‘quvchi  qizlar nafaqat sport turlarida, ilm sohasida ham bor mahoratini namoyish etdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri