Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutda pilla terimi boshlandi
18:10 / 2025-05-22

Sara va sifatli ipak tolasi yetishtirishda katta tajribaga ega bo‘lgan Boyovut tumanida joriy yil bahorgi mavsumda 2 084 quti ipak qurti parvarishlanib, 125 tonna “kumush tola” hosilini yig‘ib olish rejalashtirilgan.

Boyovutlik pillakorlarning bir oylik fidokorona mehnati samarasi sifatida “Olmazor” mahallasida joylashgan pilla qabul qilish maskanida dastlabki hosil taroziga tushdi. Shu munosabat bilan tuman hokimi Dilfuza O‘rolova hamda pilla qabul qiluvchi buyurtmachi korxona “Sirdaryo Agropilla” MCHJ mas’ullari qabul maskanida pillakorlar bilan uchrashdi. 

[gallery-23516]

Tadbir avvalida mavsumning barakali va serhosil bo‘lishini tilab, Qur’on tilovat qilindi. – Pillachilik – boyovutliklar uchun nafaqat an’anaviy kasb, balki barqaror daromad manbaidir. Sizlarning mehnatsevar va fidoiyligingiz tufayli bugun tumanda dastlabki hosil qabul qilinmoqda. Yangi pilla mavsumi ham barakali, hosildor va omadli bo‘lishini tilayman, – dedi Dilfuza O‘rolova. 

Tadbirda rejani ortig‘i bilan bajargan pillakorlar topshirilgan har bir kilogramm hosil uchun 40 ming so‘mdan pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqobev (surat) O‘zA muxbirlar