Boyovutda paxta kombaynlarda terilmoqda
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joriy yilda 10 ming 500 gektardan ziyod maydonda paxta yetishtirildi. 5 sentyabrdan boshlangan terim mavsumini mirishkorlar bir oy muddat ichida tugatishni maqsad qilgan.
Terim jarayonlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, hosil maxsus texnikalarda yig‘ilmoqda. Paxta hosili unumdor “John Deere” kombaynlarida terilib, mehnat va vaqt iqtisod qilinmoqda. Ushbu terim mashinasi bir kunda 100 tonnagacha paxta terish imkoniga ega. Bu bir kunda 1 terimchi 100 kilogramm paxta tersa, texnika ming kishining 1 kunlik ishini bajarayapti, deganidir.
[gallery-19431]
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA