Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutda “Ma’rifat ulashib”
09:15 / 2024-12-15

Boyovut tumanidagi 50- umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sitora Shomurodova, Finlyandiyaning Xalqaro Nordik universiteti (“Nordic International University”) nodavlat ta’lim tashkilotining Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Najmiddin Qodirovlar ishtirok etib, o‘quvchilarni kitob mutolaasiga jalb etish, adabiyotga mehr-muhabbatni uyg‘otish, savodxonlik darajasini oshirish orqali ularning ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish kabi mavzularda so‘z yuritdi.

Qizg‘in va samimiy suhbatlar go‘zal mushoiralarga ulanib, o‘quvchilar sevimli ijodkorlarning eng sara she’rlaridan namunalar o‘qidilar. O‘z navbatida tadbir mehmonlari ham yosh iste’dodlarning ijodidan bahramand bo‘lishdi. Ta’kidlash lozimki, o‘tkazilgan ijodiy kechalar yoshlarga o‘zgacha ruh, kayfiyat, ilhom bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbir so‘nggida maktab kutubxonasiga o‘quv jihozlari hamda kitoblar tuhfa etildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri