Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutda mahalla tibbiyot punktlari soni bittaga oshdi
13:00 / 2022-10-20

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish va birlamchi tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida Sirdaryo viloyati Boyovut tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Sadriddin Ayniy mahallasida joylashgan 6-oilaviy shifokorlik punkti negizida mahalla tibbiyot punkti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

"Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan aholi 7-8 chaqirim uzoqlikda joylashgan 6-oilaviy shifokorlik punktiga borib maslahat olayotgan edi.

– Uzoq masofa juda noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan edi, – deydi Omon Sattorov. – Muolaja olish uchun anchagina yo‘l yurardik, yog‘ingarchilik  bo‘lganda, qish-qirovli kunlarda ovorayu sarson bo‘lardik. Endi uzoqqa bormaymiz.  

Mazkur mahalla tibbiyot punktida faoliyat ko‘rsatadigan oila shifokori va patronaj hamshira, shu hududda istiqomat qilayotgan 1100 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatadi.

– Boyovutning Muqimiy, "Boboyurt", "Navbahor", "O‘zbekiston", "Yangibo‘ston" va "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi Jar boshi, Ming terak kabi qishloq aholisi ham ancha yildan buyon tibbiy xizmat masalasida qiynalardi, – deydi Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Akromjon Azizqulov. – Prezidentimizning e’tibori va topshirig‘idan so‘ng bu masalaga yechim topildi. Ishga tushgan va faoliyatini boshlagan mahalla tibbiyot punktlari esa bu masalalarning oqilona yechimi bo‘ldi.

Mahalla tibbiyot punktlari 7 taga yetdi.

Sh.Suyarov, O‘zA