FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev “Agro Global” MCHJ tomonidan joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ipakni qayta ishlash va undan gilam to‘qish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, dastlabki bosqichda ipak xomashyosidan ip ishlab chiqariladi, keyinchalik gilam to‘qish yo‘lga qo‘yiladi. Ustoz-shogird an’anasi asosida shu sohaga qiziquvchilar o‘qitilib, so‘ng ishga qabul qilinadi. Pirovardida 120 nafar aholi ish bilan ta’minlanadi. Umumiy qiymati 1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan fabrikada to‘qilgan gilamlarni Yevropa davlatlariga eksport qilish mo‘ljallanmoqda.
Viloyat hokimi “Boyovut techno cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyatining umumiy qiymati 20,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan, ayni kunda 450 nafarga yaqin ishchi mehnat qilayotgan ip yigiruv fabrikasida ishlab chiqarish jarayonini ham ko‘zdan kechirdi.
Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA