Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi
17:43 / 2023-08-15

FOTOREPORTAJ

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining Tinchlik mahallasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasi tomonidan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 10 ga yaqin korxona 150 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni hamda ishlab chiqargan mahsulotlari namunasi bilan qatnashdi.

[gallery-13126]

Mehnat yarmarkasida ishtirokchilar e’tiboriga tegishli hamkor davlat tashkilotlari tomonidan sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ishga tushadigan loyihalar hisobiga yaratilgan ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar burchagi ham tashkil etildi.  

Yarmarkada ish bilan band bo‘lmagan 10 nafar fuqaro o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlash uchun yo‘llanma oldi. 14 nafar fuqaroga me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tushuntirish hamda huquqiy maslahatlar berildi.

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA