English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutda askiya sayli o‘tkazildi
11:02 / 2023-11-19

FOTOREPORTAJ

Askiya – xalqimizning o‘ziga xos bo‘lgan, betakror san’at turidir. Zukkolik, donolikni o‘zida ifoda etuvchi askiya san’ati boshqa hech bir xalqda uchramaydi.  

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani aholisining askiya san’atidan bahramand bo‘lishi, madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash maqsadida “Askiya sayli” konsert dasturi o‘tkazildi.  

Farhod mahallasida joylashgan tuman madaniyat markazi zalida namoyish etilgan dasturga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tuman faollari, keng jamoatchilik taklif etildi.  

Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi ijodkorlarining samimiy hazillari, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyati san’atkorlari ijrosida kuylangan mumtoz kuylarning yorqin namunalari barchaga manzur bo‘ldi.  

Mamasidiq Sherayev, Hotamjon Hakimjonov, G‘ayrat Ahmedov, Soyibjon Mirzayev kabi so‘z ustalari, askiyachilar guruhining ichakuzdi hazillari esa tomoshabinlar ruhiyatiga ko‘tarinkilik baxsh etdi.  

[gallery-14668]

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA fotomuxbiri