Mamlakatimizda ijtimoiy kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini sunnat to‘ylarini o‘tkazish an’anaga aylanmoqda.
Xayrli tadbirlardan yana biri Sirdaryo viloyati tashkil etilganligining 60 yillik to‘yi munosabati bilan Boyovut tumanining "Bobo yurt" mahallasida bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi, senator Dilfuza O‘ralovaning tashabbusi bilan ijtimoiy kam ta’minlangan oilalarning 40 nafar farzandlarini sunnat to‘yi o‘tkazib berildi.

Tadbirda to‘y bolalarning yaqinlari, tuman faollari, nuroniylar ishtirok etdi. Bolalar va ularning yaqinlariga ezgu tilaklar bildirildi.
Shundan so‘ng, tuman hokimligi, homiy tashkilotlarning sovg‘alari topshirildi.
-bugungi to‘y nafaqat men va o‘g‘lim Alisherjonni, balki men kabi ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan 39 nafar onalarni, ularning farzandlarini quvontirdi - deydi M.Jo‘rayeva.- Prezidentimizning yurtparvar, xalqparvarligi bois farzandlarimizning ko‘ngillari o‘ksimay ulg‘aymoqda. Kelajakda farzandim komil inson bo‘lib shu yurt ravnaqiga hissa qo‘shishi uchun munosib tarbiya beraman.

To‘y, viloyatning 60 yillik to‘yiga ulanib, poytaxtdan, viloyatdan kelgan taniqli san’atkorlar, badiiy ijod jamoalari tomonidan ijro etilgan kuy, qo‘shiqlar sadosi ostida davom etdi.
Shuhrat Suyarov, O‘zA