Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovut tumaniga yangi hokim tayinlandi
18:07 / 2025-12-29

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hayotiga daxldor bir qator masalalar qatorida tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Hazratqulov Niyoz Namozboyevich Boyovut tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Niyoz Hazratqulov 1983 yilda Sirdaryo tumanida tavallud topgan. U tayinlovga qadar Shirin shahri hokimi sifatida faoliyat yuritib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash va investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida muayyan tajriba orttirgan.

Sessiyada yangi hokim oldida tumanni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish kabi ustuvor vazifalar turgani ta’kidlandi.

Deputatlar yangi rahbarning bilim va tajribasi Boyovut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri