Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovut tumani hokimi: 34 ta mahalladan 33 tasida bino yo‘q
21:34 / 2022-03-07

Hududlarni 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi ijrosi doirasida joylarda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisida ushbu dastur ijrosini muhokama qilish davomida Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi, senator Dilfuza Uralova tumanda amalga oshirilgan ishlar bilan birga, ayrim muammolarni aytib o‘tdi:

— Tumanimizda jami 34 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. Ammo ularning 33 tasida alohida binosi mavjud emas. 6 ta mahalla uchun o‘zimiz bino barpo qildirdik. Ammo qolganlari hamon muammoligicha qolmoqda. Ushbu masala uchun tegishli mablag‘lar ajratilishi belgilangan, "Mahalla" xayriya fondi tomonidan tasdiqlangan edi. Ammo amalda belgilangan mablag‘lar ajratilmayapti.

Qo‘mita yig‘ilishida ushbu masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

PS: Dasturlar qabul qilinishi, loyihalar ishlab chiqilishi bu ishlarning boshlanishidir. Ammo ularga belgilangan mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilmas ekan, masalalar yechimini kutib yotaveradi, muammo muammoligicha qolaveradi.

Muhtarama Komilova, O‘zA