Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyitilgan ozuqa ishlab chiqarilmoqda
15:00 / 2015-04-24

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2009-yil 15-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida faoliyat yuritayotgan “Qo‘ng‘irot mineral” xususiy korxonasida chorva mollari va parranda uchun foydali bo‘lgan ozuqa – kalsiy monofosfat ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiya asosida ishlab chiqarilayotgan ushbu yangi mahsulot xaridorlari safi tobora kengaymoqda.

– Ohak tarkibidan ajratib olingan kalsiy moddasiga fosfor aralashtirilgach, hosil bo‘ladigan ozuqa qoramol va parrandalar uchun juda foydali, – deydi korxona rahbari Talg‘at Taldiboyev. – Bu mahsulot yemga aralashtirib berilsa, chorva mollari va parrandaning suyaklari mustahkamlanib, oshqozon faoliyati yaxshilanadi. Mahsulotimizni bir kilogrammlik paketlarda qadoqlab, savdoga chiqarmoqdamiz.

“Qo‘ng‘irot mineral” xususiy korxonasida yangi sex ish boshlashi bilan o‘nga yaqin yosh muqim ish o‘rniga ega bo‘ldi.