“Boxing Day”dan kutilmagan sovgʻalar yoxud Salohdan inglizcha jentelmenlik
Kecha Angliya Premyer-Ligasida “Boxing Day”dan oʻrin olgan 20-tur oʻyinlariga start berildi
Kecha Angliya Premyer-Ligasida “Boxing Day”dan oʻrin olgan 20-tur oʻyinlariga start berildi.
Turning kutilmagan natijasi Londonda qayd etildi. Soʻnggi turlarni koʻtarinki ruhda oʻtkazayotgan hamda peshqadamlarga munosib raqobat taqdim etishi kutilayotgan “Tottenxem” oʻz maydonida “Vulverxempton”ga imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuv “shporlar” uchun muvaffaqiyatli boshlangan va ular Xarri Keynning golidan keyin 1:0 hisobida oldinga chiqib olishgan edi. Ammo yakunda 1:3 hisobida yutqazib qoʻydi.
Oʻtgan turda “Manchester Siti”ni “yigʻlatgan” “Lester” esa oʻz maydonida autsayderlar safida borayotgan “Kardiff”dan yengildi.
Turning markaziy oʻyinida APL peshqadami “Liverpul” azaliy va ashaddiy raqibi “Arsenal”ni qabul qildi. Murosasiz kurashlar ostida oʻtishi kutilgan bahsda Yurgen Klopp shogirdlari raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 5-1 natijasi oʻyin qanday ssenariy ostida oʻtganini koʻrsatib turibdi.
Oʻyinda “Liverpul”ning braziliyalik hujumchisi Roberto Firmino xet-trek qayd etdi. Uchrashuvning eng kulminatsion voqeasi 65-daqiqada sodir boʻldi. “Arsenal” himoyachilari oʻz jarima maydoni ichida qoida buzishdi va hakam 11 metrlik nuqtani koʻrsatdi. Odatda maydon egalari safida penaltilarni Jeyms Milner bajaradi, u yoʻqligida esa bu vazifa misrlik Muhammad Salohga ishonib topshiriladi.
Biroq, 65-daqiqada Saloh penalti tepish imkoniyatini sherigi Firminoga taqdim etdi. Negaki bu paytda braziliyalik futbolchi dublga erishgan va navbatdagi gol uni xet-trek muallifiga aylantirardi. Buni toʻgʻri anglagan misrlik futbolchi sherigidan toʻpni qizgʻanmadi. Mana, nima uchun Muhammad Salohni sevishadi muxlislar?! Bunday olijanoblikka hamma ham jurʼat etolmaydi.
Ushbu gʻalabadan keyin “Liverpul” oʻz ochkolari sonini 54 taga yetkazib oldi va juda uzoq kutilgan chempionlik sari yana bir muhim qadamni tashladi. “Tottenxem” esa 44 ochko bilan 2-oʻrinni egallab turibdi. Agar bugun “Manchester Siti” safarda “Sautgempton”ni magʻlub etsa, ularni quvib oʻtishi mumkin.