Botirova Maxliyo Baxodir qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbek tilida reklamaning uslubiy-diskursiv xususiyatlari” mavzusida
Botirova Maxliyo Baxodir qizining 10.00.01 – “O‘zbek tili” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tilida reklamaning uslubiy-diskursiv xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-fevral kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy, Termiz davlat universiteti majlislar zali.
Tel.: (+99876) 221-74-55; Faks: (+99876) 221-71-17
e-mail: termizdu@umail.uz