Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Botanika va Zoologiya institutiga homiylik asosida avtotransport vositasi berildi
17:46 / 2020-12-28

Prezidentimizning joriy yil 12 avgustda qabul qilingan «Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi qarori soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Unda tasdiqlangan manzilli dasturda berilgan topshiriqqa ko‘ra, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Botanika va Zoologiya institutiga homiylik asosida avtotransport vositasi olib berdi. Ajratilgan avtotransport vositasi Orolbo‘yi hududida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga xizmat qiladi.

Qayd etish kerakki, Botanika bog‘lari tizimini shakllantirish, mahalliy genofondni saqlab qolish, manzarali daraxt va buta turlarini introduksiyasini amalga oshirish, aholini botanika bog‘larida madaniy hordiq olishini ta’minlash maqsadida Farg‘ona vodiysida Toshkent botanika bog‘ining birinchi filiali tashkil etildi. Buning uchun Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan 22 gektar yer ajratilib, botanika bog‘idan 70 turdagi 600 dan ortiq o‘simlik ko‘chatlari yetkazib berildi.

Botanika instituti bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi Mo‘ynoq davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan «O‘rmon fondi yerlarida tabiiy yaylovlar resurslarining elektron-raqamli va geoaxborot tizimlariga asoslangan ma’lumotlar bazasini yaratish» hamda Bobotog‘, Boysun va Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaliklari yerlarida «Tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov) tabiiy zaxiralarining monitoringi va oqilona foydalanish uchun xizmat qiladigan raqamli xaritalarini yaratish» borasida 562 million so‘mlik shartnoma tuzilib, bo‘nak pullari o‘tkazib berildi.


O‘zA