Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Botanika bogʻida nazorat kuchaytiriladi
16:20 / 2019-11-03

Bir muddat avval Telegram-kanallarning birida Toshkent Botanika bogʻi ilmiy muassasa boʻlishiga qaramasdan, odamlarning koʻpligidan jamoat joyiga oʻxshashi qayd etilgan edi.


Bir muddat avval Telegram-kanallarning birida Toshkent Botanika bogʻi ilmiy muassasa boʻlishiga qaramasdan, odamlarning koʻpligidan jamoat joyiga oʻxshashi qayd etilgan edi. Muallif chiqindilar, bosib tashlangan soʻqmoqlar, buzilgan mini ekotizimlar ishga xalal bermaydimi, deya savol qoʻygan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu holatda kamchiliklar borligini tasdiqlab, boshqarma rahbariyati tomonidan poytaxtda joylashgan Botanika bogʻida kamchiliklar borligiga eʼtibor qaratilganini maʼlum qildi.

“Ushbu hududga koʻplab odamlar kelishi, holatni huquqni muhofaza qiluvchi organlari nazorat qilishi zarurligi, sanuzellarning yomon holati hamda hududda maishiy chiqindilar koʻpayib ketgani eʼtiborga olindi“, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB ushbu hududga ikki nafar profilaktika inspektorlari yordamchilarini biriktirib qoʻygan. Yaqin kunlarda ularga skuterlar taqdim qilinadi. Shuningdek, yaqin orada ikkita 360 kenglik darajasida kuzatuv uchun imkon beradigan kameralar va “xavotir tugmasi” oʻrnatiladi. Bu tashrif buyuruvchilar uchun biror bir holat boʻyicha tezkor tarzda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun tugma bosilsa, IIBB xodimi bilan videoaloqa orqali bogʻlanish va muammo haqida xabar berish mumkin.

Shu qayd etish lozimki, Botanika bogʻi rahbariyati ham yuqoridagi muammolarni hal qilishga kirishib, ushbu yoʻnalishda ishlar olib bormoqda.

Shuningdek, xabarda fuqarolarga ekotizim bilan munosabatda ehtiyotkorlik lozimligi eslatib oʻtilgan.