Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘stonliqda Xitoyning turizm loyihasi ishga tushiriladi
11:48 / 2024-01-22

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Toshkent viloyati delegatsiyasi Urumchi shahrida bo‘ldi. Mazkur hudud markazida ish boshlagan Toshkent viloyati vakolatxonasida Zoyir Mirzayev ishbilarmon doira vakillarini qabul qildi va bir qator muzokaralar olib bordi.

Muloqotda yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.  

Toshkent viloyati delegatsiyasi Urumchi shahrining Tyan-Shan tog‘ tizmalarida joylashgan kurort zonasi faoliyati bilan ham tanishdi. Kelgusida Bo‘stonliq tumanining “Oqtosh” hududida zamonaviy dam olish maskanini qurish bo‘yicha ijobiy kelishuvlarga erishildi. O‘zbekistonda yaratilgan investitsion muhit bilan tanishish hamda loyihalash ishlarini boshlash bo‘yicha Xitoy delegatsiyasi joriy yilning fevral oyida Toshkent viloyatiga tashrifi borasida kelishib olindi.  

Loyihaning dastlabki investitsiya qiymati 10 million dollar deb baholanmoqda. O‘zbekiston – Xitoy investitsiya, savdo va turizm forumi davomida Urumchi shahri markaziy bog‘ida qurilgan Samarqanddagi olamga mashhur Registon me’moriy obidasining kichik hajmdagi ko‘rinishi ham namoyish qilindi.  

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning forum ochilish marosimida nutq so‘zlab, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga chorladi. Shuningdek, xitoylik ishbilarmonlarning turli sohalardagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqildi.  

A.Musayev, O‘zA