Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘stonliqda Prezident qarori ijrosi qanday bajarilmoqda?
11:26 / 2020-12-13

Prezidentimizning 2020 yil 27 avgustda “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Qaror ijrosi yuzasidan qanday ishlar amalga oshirildi?

Tumanda 2-sektor mas’ullari tomonidan ko‘plab amaliy ishlar qilingan. Xususan, o‘tgan davr mobaynida tumanning “Chimyon”, “Xo‘jakent”, “Soyliq” va “Navobod” hududlari hamda “Chirchiq” va “Ugam” daryolarining muhofaza mintaqasidagi turar va noturar ob’ektlar xatlovdan o‘tkazilgan.

Aholi bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash borasida qilingan ishlar natijasida 857 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Pademiya davrida uyma-uy yurish natijasida yordamga muhtoj 715 oila aniqlangan. Ularga 13 turdagi 200 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. 25 oilaga 26 million so‘m pul mablag‘lari berildi. Ayrim nochor va nogiron fuqarolarga 1 ta muzlatgich, 15 ta tirik mayda shoxli chorva mollari, 82 ta oilaga 20 tadan parranda, 10 ta oilaning har biriga 1 tadan asalari qutisi tarqatildi.

Kuz-qish mavsumiga aholini ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda zarur bo‘lgan yoqilg‘i va oziq-ovqat mahsulotlar bilan ta’minlash borasida zarur choralar ko‘rildi.

Xususan, 3 ta ko‘p qavatli uy-joylarning tom va yer to‘la qismlari ta’mirlandi, 2 marotaba markazdan uzoq aholiga bepul dori-darmon vositalari malakali shifokorlar bilan birga maxsus avtomashinalarda yuborildi. 5382 tn. ko‘mir yoqilg‘isi keltirilib, uzoq tog‘li hududlarga avtotransport xarajatlarisiz yetkazib berildi. O‘z navbatida, 20 ta nochor oilaga 1 tn.dan jami 20 tn. bepul ko‘mir mahsuloti yetkazildi.

Shuningdek, 2-sektor hududida jami uchta ko‘chma ekobozor tashkil etilib, ulardagi narx-navolarning barqarorligi ustidan departament xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tizimi yaratildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Bo‘stonliqni har tomonlama obod qilish, aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Muattar Burhonova, O‘zA