Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘stonliqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bog‘i yaratildi
13:53 / 2023-11-30

Shu kunlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar tomonidan respublikamiz hududlarida “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiori ostida keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hususan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Bo‘stonliq tumanida 20 gektar lalmi yer maydonida "Yashil makon" bog‘ini yaratishga kirishdi. “Ona Vatanni bog‘u bo‘stonga aylantiramiz!” shiori ostida tashkil etilgan ko‘chat ekish tadbirida vazirlik jamoasi, tasarrufidagi va hududiy tuzilmalar xodimlari, Bo‘stonliq tumani mahallalari faollari va hokim yordamchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.  

10 ming dona ko‘chat ekish reja qilingan yer maydoni geografik joylashuvi, iqlimi, tuproq unumdorligi o‘rmon xo‘jaligi ilmiy xodimlari tomonidan o‘rganildi. Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, ushbu tog‘ oldi lalmi yerga bodom ko‘chati tanlandi. Bugungi hashar ishlarida 2 ming tup ko‘chat ekildi.  

Yendi bu ko‘chatlarni parvarish qilish uchun hududga yaqin joylashgan mahallalardagi ishsiz fuqarolar Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadigan mavsumiy ishga olinadi.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA