Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘stonliqda giyohvand modda va taqiqlangan dorilarni sotayotganlar ushlandi
17:10 / 2022-07-13

Joriy yilning 10 iyul kuni Bo‘stonliq tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan DXX hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda giyohvandlik vositasi, kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dorilarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelgan shaxslar daliliy ashyo bilan ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1985 yilda tug‘ilgan U.T. (Bo‘stonliq tumanida yashovchi) boshqaruvida bo‘lgan avtomashina tegishli tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada, avtomashinaning old o‘rindig‘i osti hamda old va orqa eshigi karmonlarida o‘tkir hidli gashish giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda, shuningdek, jami 22 dona (lirika, selofen, tropikamid) kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan. Shuningdek, yana bir avtomashinada 1997 yilda tug‘ilgan A.N. (Bo‘stonliq tumanida yashovchi)ning yonida jami 13 dona (tropikamid, idishda suyuq modda, lirika va karbomazepin) kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dori vositasi borligi aniqlangan.

Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib fuqaro U.T. ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasidan 98,9 gr gashish giyohvandlik vositasi, 18 dona – tropikamid 41 dona – regopen, 10 dona – lirika va 55 dona – selofen kuchli ta’sir qiluvchi moddalar borligi aniqlangan va barchasi daliliy ashyo tariqasida olingan. Dastlabki jarayonda ushbu shaxslar moddalarni sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.MUSAEV, O‘zA.