Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘stonliq tumanidagi turistik ob’ektlar nega qarovsiz va tashlandiq ahvolga kelib qolgan?
23:36 / 2021-05-04

Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega bo‘lgan ko‘plab turistik ob’ektlar mavjud bo‘lsada, bir vaqtlar mashhur bo‘lgan ba’zi turistik ob’ektlar salohiyatidan to‘g‘ri foydalanilmaganligi sababli bugunga kelib qarovsiz va tashlandiq ahvolga kelib qolgan.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Ekonomist dam olish zonasi, «Chotqol» sanatoriysi bino va inshootlari, sobiq tayanch punkti va unga tutash hudud, «Lingvistlar» sport-sog‘lomlashtirish oromgohi, «Soyliq» dam olish zonasi, «Institut» rangli lager metallar, «Gidroenergetik» sport-sog‘lomlashtirish oromgohi, Tibbiyot akademiyasining sobiq qarorgohi, «Zumradservis» MCHJ bino va inshootlari, G‘azalkent Suvoqova, «Geoburtexnika» DATK dam olish maskani, har xil o‘lchamdagi foydalanilmayotgan eski binolar shular jumlasidandir.

Turizm va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, «Chorvoq» erkin turistik zonasi va Bo‘stonliq tumani hokimligi tomonidan turizm loyihalarini amalga oshirish uchun taklif qilingan va respublikamizning sayyohlik yo‘nalishlarida yuqori imkoniyatlarga ega ob’ektlar bo‘yicha Bo‘stonliq tumaniga info-tur tashkil etildi.

Info-tur doirasida ishtirokchilar Chorvoq suv ombori bo‘ylab tog‘li hududlar hamda qirg‘oqdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan 12 ta dam olish maskani bilan yaqindan tanishdi.

- Mazkur ob’ektlarda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 sentyabrdagi qarori bilan Bo‘stonliq tumanidagi bo‘sh, foydalanilmayotgan va samarasiz foydalanilgan ob’ektlardan va yer uchastkalaridan samarali foydalanish, ularni turizm va servis infratuzilmasi asosida tashkil etish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan, – deydi Turizm va sport vazirligi axborot xizmati boshlig‘i Lola Rahmonboyeva. - Shuningdek, qaror bilan 26 ta yirik dam olish zonasi va 35 ta bo‘sh turgan davlat ob’ekti realizatsiyaga taklif etiladi.

bugungi kunga kelib barcha ob’ektlar ommaviy kimoshdi savdosi orqali realizatsiya qilinib, ularning aksariyati “E-Ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi. Shu bois info-tur doirasida mas’ul mutaxassislar barcha kimoshdi savdosida qatnashishdan tortib to ko‘chmas mulk hujjatlarini rasmiylashtirishga doir savollarga batafsil javob berdi.

- Bu ob’ektlar tadbirkorlarda mehmonxona majmualarini yaratish bilan bir qatorda zamonaviy va keng ko‘lamli turistik ko‘ngilochar xizmatlarni yo‘lga qo‘yishiga umid bildiramiz, - dedi “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi rahbari o‘rinbosari Otabek Bobomuradov.

Sotuvga qo‘yilgan va qo‘yilishi kutilayotgan yer uchastkalari bo‘yicha bunday info-turlarning o‘tkazilishi yer uchastkalari savdosi bilan bog‘liq jarayonlarning ochiq va shaffof o‘tishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlandi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, mazkur ob’ektlarga oid zarur ma’lumotlar uzbektourism.uz, davaktiv.uz, auksion.uz saytlari orqali muntazam yoritib boriladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA