Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari va Angren shahrida turistik maskanlar ko‘paytiriladi
18:27 / 2024-10-15

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlandi.

Yig‘ilishda “Sayxunobod”, “Zarbdor”, “Uychi”, “G‘ijduvon” tajribalari asosida kambag‘al aholini band qilish bo‘yicha mutasaddilar oldida turgan vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, mehnat migratsiyasi masalalari bilan tizimli ishlash, chet elda mavsumiy ishlarda ishlab qaytgan va yana ketish istagida bo‘lganlarni hamda bu yil ish topa olmagan maktab bitiruvchilarini yuqori daromadli kasblarga, xorijiy tillarga o‘qitish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Viloyatning turizm salohiyatini to‘liq ishga solish, ayniqsa Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari va Angren shahrida turistik maskanlarni ko‘paytirish vazifalari belgilab olindi.

Toshkent viloyatidagi gaz va elektr energiyasining yirik iste’molchilari bo‘lgan korxonalarda energiya sarfi yuqori uskunalarni yangilash, suv nasoslarini zamonaviylariga almashtirish muhim ekani qayd etildi.

Umuman, viloyatning o‘sish nuqtalarini ro‘yobga chiqarish uchun viloyat xokimi, uning o‘rinbosarlari, 22 ta tuman va shahar hokimi marrani 2 baravar katta olib, tinimsiz ishlashi shartligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, tuman va shaharlar jamoatchiligi, nuroniy va faollar bilan muloqot qilindi.

O‘zA