Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boshqirdiston delegatsiyasi Orolbo‘yida
20:36 / 2022-05-18

Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston respublikasi rahbari Radiy Xabirov boshchiligidagi delegatsiya Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

Nukus xalqaro aeroportida delegatsiya a’zolarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariyev kutib oldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitor sohalardagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanayotgani ta’kidlandi.

[gallery-7157]

Qayd etilganidek, mamlakatimizda turli millat vakillari, shu jumladan, boshqirdlar ham bir oila farzandlaridek tinch-totuvlikda yashab kelmoqda. Ularning madaniy merosi, an’analari, urf-odatlari va ona tilini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘z navbatida Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, investitsiya va iqtisodiy sohalarda hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishildi. Mehmonlar I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida bo‘lib, eksponatlar bilan tanishdi.

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA