Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boshqaruv tizimida gender tenglikni ta’minlash mexanizmlari
12:03 / 2026-01-28

Toshkent shahrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Boshqaruv tizimida gender tenglikni ta’minlash mexanizmlari: genderga oid audit tamoyillari” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova ayol-qizlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratish masalasi davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida ekanini e’tirof etdi.  

Ta’kidlanganidek, gender tenglikni ta’minlash boshqaruv tizimida samaradorlik, adolat va hisobdorlikni oshirishning muhim omili bo‘lib, genderga oid audit esa davlat organlarida mavjud jarayonlar va qarorlar qabul qilish amaliyotini xolis baholash hamda aniq takomillashtirish choralarini belgilashga xizmat qiladi.  

Mazkur seminar davlat organlari va idoralari vakillarining genderga oid audit sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.  

Tadbir doirasida ishtirokchilar Xalqaro mehnat tashkilotining faol ishtirok (participatory) tamoyiliga asoslangan genderga oid audit metodologiyasi,  auditni bosqichma-bosqich o‘tkazish mexanizmlari (tayyorgarlik, ma’lumot to‘plash, tahlil, xulosalar va tavsiyalar), audit natijalaridan samarali gender siyosatini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda foydalanish yo‘llari bo‘yicha atroflicha fikr almashdi.  

Shu bilan birga institutsional tizimlarda inklyuziv yondashuvlar, genderga sezgir rejalashtirish va monitoring masalalari bilan tanishdi.  

Seminarda amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalar orqali davlat tashkilotlarida ichki tartib-taomillar, kadrlar siyosati, xizmat jarayonlari hamda hujjatlar aylanishida genderga sezgir yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.  

Tadbir davlat boshqaruvida hisobdorlikni kuchaytirish, gender tenglikni ta’minlash hamda institutsional tizimlarda inklyuziv yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Seminar OTBning O‘zbekistonda samarali, adolatli va genderga sezgir boshqaruvni rivojlantirishga qaratilgan texnik ko‘magining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.  

O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilar genderga oid auditni o‘tkazishda zarur bo‘lgan asosiy vositalar va amaliy yondashuvlar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlab, o‘z faoliyatida ushbu metodologiyadan foydalanish istiqbollarini muhokama qildi.

N.Usmonova,  

O‘zA