Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boshqarma boshlig‘i o‘ziga biriktirilgan xonadonlarni o‘rgandi
19:00 / 2025-09-07

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida ham davlatimiz rahbarining 2024 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur qarorda belgilanganidek, mahallalarda kambag‘al oilalarni aniqlash, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritish, individual rejalar ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar “mahalla yettiligi” hamkorligida olib borilmoqda.

Xususan mazkur qaror ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i F.Muhammadiyev Qamashi tumani “Chim” mahallasida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan beshta xonadonda bo‘ldi.

Tashrif davomida oilalarga imtiyozli kredit va ssuda olish imkoniyatlari, chorvachilikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar, kasb-hunarga bepul o‘qitish va bandlikka ko‘maklashish masalalari batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, oilalarni qo‘llab-quvvatlashda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ayollar va yoshlarni kasb-hunar hamda xorijiy tillarni o‘rganishga jalb qilish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur vositalarni foizsiz qarz asosida taqdim etish kabi amaliy yordamlar belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida, qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha jami 14 ming rahbar va ularning o‘rinbosarlariga har olti oyda eng og‘ir ahvoldagi 5 tadan kambag‘al oila biriktirilgan. Joylardagi oilalar bilan muntazam ishlash orqali ularning farovon hayot kechirishiga ko‘maklashadi.

Xonadon egalari davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri