Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Peshko‘ tumani Ichki ishlar bo‘limiga press-tur tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlar, sohaga taalluqli muammoli savollarga oydinlik kiritish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Boshliq bilan bir kun” loyihasi doirasida Peshko‘ tumani Ichki ishlar bo‘limi boshliqlarining kundalik ish faoliyati, bo‘lim hamda uning quyi tizimlarida aholi va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Peshko‘ tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Abduxalil Nosirov press-tur ishtirokchilarini aholi va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sohaviy xizmatlar xodimlarining xizmat faoliyati bilan tanishtirdi. Tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, jamoat tartibi hamda yo‘l harakatini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar borasida ma’lumot berdi.
Bir kecha-kunduz naryadga jalb qilingan xodimlar ishtirokida navbatchilikni qabul qilish yuzasidan yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Saf ro‘yxati asosida xodimlarning xizmatga kelib ketishlari, hududda jinoyatchilikning ahvoli hamda bir kecha kunduz davomida sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilik holatlari yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Press-tur ishtirokchilari sohaviy xizmatlar xodimlarining xizmat faoliyati, qabulxona hamda tergov va surishtiruv xonalari, u yerdagi innovatsion texnologiyalarning ishlash tartiblari bilan tanishdi. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari, Sport maydonchasi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, xodimlarning bilim va malakasini oshirish borasida olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari borasida batafsil ma’lumot berildi.
[gallery-11869]
Ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va mustaqil blogerlar ishtirokida o‘tkazilgan press-tur davomida ichki ishlar bo‘limining ish faoliyati bilan tanishish barobarida ishtirokchilar soha xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javoblar oldi.
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA