Prezident qanday sinov va mashaqqatlar paydo bo‘lmasin, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlash, xalqimizni rozi qilish yo‘lidan aslo ortga qaytilmasligini ta’kidladi.
–Boshlagan buyuk ishlarimizni, albatta, oxiriga yetkazamiz.
Hech qachon unutmaylik: biz barchamiz bitta xalq, bitta mamlakat, bitta oilamiz! Hammamizning taqdirimiz, kelajagimiz, baxtimiz va yutug‘imiz ham yagona va mushtarak.
Har bir vatandoshimning yutug‘i – bu mening yutug‘im, tashvishi – mening tashvishim, degan fikr bilan yashasak, yutug‘imiz ko‘payib, tashvishimiz albatta kamayib boradi.
Afsuski, dunyoda turli tahdid va xatarlar ko‘p. Ammo ularga qarshi birgalikda, bir tanu bir jon bo‘lib kurashsak, albatta yengamiz.
Bu ulug‘ ayyomda Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek olijanob ishga munosib hissa qo‘shayotgan barcha-barcha insonlarga, mehnatkash, bag‘rikeng xalqimizga minnatdorlik bildirib, chin qalbimdan ta’zim qilaman.
Har bir inson, har bir oilaga tinchlik va xotirjamlik, qut-baraka, baxt-saodat hamisha yor bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston davlati! Yashasin O‘zbekiston xalqi!, – dedi Prezidentimiz nutqining yakunida.
O‘zA