Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh vazir qabulxonalariga tadbirkorlardan uch mingga yaqin murojaatlar tushdi
12:35 / 2021-08-10

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘makdosh bo‘lish yo‘lida Bosh vazirning Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi tomonidan tizimli ishlar amaga oshirilmoqda.

Xususan, o‘tgan 6 oy davomida viloyatdagi qabulxonalarga 3 mingga yaqin tadbirkorlardan murojaatlar kelib tushdi. Ularning barchasi tegishli tartibda vakolatli boshqarma va tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi ta’minlandi va umumiy hisobda murojaatlarning 64 foizi o‘zining ijobiy yechimini topdi.

-Har bir murojaat 7 kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan. Biroq, ayrim mas’ul xodimlar tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida 40 taga yaqin holatda muddat buzilishlariga yo‘l qo‘yildi. Biz ularga nisbatan tegishli ta’sir choralarini ko‘rdik, -deydi Bosh vazirning Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri Ibrohimjon Turg‘unov.

Albatta, bir tadbirkor muammosining ijobiy hal etilishi,  aholini ish bilan ta’minlash hamda hududning iqtisodiy o‘sishida muhim o‘rin egallaydi. Yozyovon tumanilik Nuriddin Rahmatov ham dastavval ish boshlaganida biroz muammolarga duch kelgan edi. Kredit olishdagi muammolar Bosh vazirning viloyatdagi tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi tomonidan ijobiy hal etilganidan so‘ng turli hajmdagi sim to‘rlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 12 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.  

Yana bir  yozyovonlik yosh tadbirkor Xayrullo Mo‘minov  esa 20 yoshda. U o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi.  Maishiy xizmat yo‘nalishida ish boshlashda muammolar kuzatildi va bartaraf etilishi orqali u ham tumanning ko‘plab aholisini ish bilan ta’minladi. Uning tikuvchilik sexida asosan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda bo‘lgan xotin-qizlar mehnat qilmoqda.  

E’tiborlisi, bu kabi kichik korxonalar yoshlarning kasb-hunar sirlarini o‘rganishlarida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Farg‘ona viloyatida Bosh vazirning joylardagi qabulxonalari tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

M. Sulaymonov, O‘zA