FOTOREPORTAJ
Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Sirdaryo viloyatining Guliston tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif “Oqila ayollar” harakati faoliyati bilan tanishish, oilalarda ajrimlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, tegishli tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadiga qaratildi.
[gallery-13169]
Ta’kilanishicha, joriy yilda tumanda oilaviy ajrimlar 50 foizga kamaygan. Bunday natijadorlikka barcha salbiy ko‘rsatkichlarda erishish maqsadida viloyat bo‘yicha oilalarda ajrimlarni oldini olishga qaratilgan “Guliston tuman tajribasi”ni keng ommalashtirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Bunda mahallalardagi “beshlik” hamda hamkor tashkilotlar, prokuratura, ichki ishlar, adliya organlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, tibbiyot birlashmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, ko‘cha boshlari bilan birgalikda ishlarni tizimli ravishda yanada jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA