Buxoroda Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xadjayevning viloyat tadbirkorlari va xorijiy investorlar bilan “Ochiq muloqot”i bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi mas’ullari, sohaga daxldor korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, tadbirkorlar va xorijiy investorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnadi.
Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan moliya-kredit, bino va yer berish, kommunal xizmatlar kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Xususan, viloyatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish omillari, infratuzilmani rivojlantirishning hozirgi holati, investitsiyalarni jalb etish uchun sanoatning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
[gallery-8011]
Muloqot viloyatning tuman va shaharlaridagi vaziyatni biznes nuqtai nazaridan o‘rganish, muayyan holatlar asosida viloyatda xususiy sektorni, investitsiyaviy va eksport faoliyatini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadigan tizimli muammolarni ko‘rib chiqish imkonini berdi. Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari loyihalarni amalga oshirish va eksport operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida duch kelayotgan muammolar haqida so‘zlab berdi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirok etdi.
Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xadjayev jurnalistlar va blogerlar bilan ham suhbatlashdi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA