Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining yangi raisi etib saylandi
Bugun bo‘lib o‘tgan Shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.
Mazkur o‘zgarish bejizga emas. Chunki oxirgi paytlarda O‘zbekistonning iqtidorli shaxmatchilari tomonidan federatsiya rahbariyati o‘rtasidagi nizolar avj olgan, tanish-bilishchilik kuchayib ketgani xabar qilingan edi. Xususan, opa-singil shaxmatchilar Nafisa Mo‘minova, Hulkar va Gulruxbegim Toxirjonovalar hamda 12 yoshida shaxmat tarixida ikkinchi eng yosh xalqaro grossmeysterga aylangan Javohir Sindorovlarning federatsiyadagi qing‘ir ishlar haqidagi chiqishlari jamoatchilik orasida keng muhokama qilindi.
bugungi o‘zgarish eng qadimiy va mashhur intellektual sport turi bo‘yicha O‘zbekistondagi holatning yaxshilanishiga turtki bo‘ladi.
O‘zA