Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh sovrin Namanganda qoldi
16:35 / 2025-03-17

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi “Universiada” o‘yinlarining basketbol bo‘yicha qizlar jamoalarining final bosqichiga mezbonlik qildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda ta’limning barcha bo‘g‘inlari uchun joriy etilgan uch bosqichli sport musobaqasi – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” o‘yinlari yosh iqtidor sohiblarini kashf etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilmoqda. 

Yarim finalda, asosan Namangan davlat universiteti talabalaridan shakllangan mezbonlar jamoasi andijonliklardan ustun kelgan bo‘lsa, qoraqalpog‘istonlik yosh basketbolchilar farg‘onalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. 

Finalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasini 56/51 hisobida taslim etgan Namangan viloyati jamoasi “Universiada” o‘yinlarining g‘olibi sifatida e’tirof qilindi. 

Qoraqalpog‘istonlik sportchilar faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, yana bir sovrinli uchinchi o‘rin farg‘onalik qizlarga nasib etdi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA