Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh qomusimizda xususiy mulk daxlsizligi mustahkamlanmoqda
17:39 / 2023-04-10

Konstitutsiyaviy islohotlar tashabbuskorlaridan bo‘lgan O‘zLiDeP ayni kunlarda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda aholini referendumda faollikka chaqirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini qizg‘in ruhda tashkil etmoqda.

Hududlarda bayramona ko‘rinishda o‘tkazilayotgan tadbirlarda partiya yetakchisi Aktam Haitov ishtirok etib, yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasi, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining bugungi kundagi ahamiyati, unda aks etayotgan yangiliklar xususida batafsil ma’lumotlar bermoqda.

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Buyuk maskan” dam olish maskanida ochiq osmon ostida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida bir yarim mingga yaqin aholi ishtirok etdi.

— Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek oliy maqsad sari qo‘yilgan qadamlar, albatta, Asosiy qonunimizni yangilash zarurligini taqozo etdi. Yangi tahrirdagi hujjatda "O‘zbekiston — ijtimoiy davlat" degan g‘oya asosiy mezon qilib olingan. Konstitutsiyamizni takomillashtirishda bevosita xalqning takliflari, xohish-istaklari e’tiborga olindi. Endilikda hujjat referendumga qo‘yish orqali qabul qilinadi. Yangilanayotgan Bosh qomusimizda xususiy mulk daxlsizligi, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi belgilanmoqda. Ushbu norma iqtisodiy islohotlar jarayonidagi o‘zgarishlarni mamlakatimiz bosh qonunida aks ettirishda inson manfaatlarini ta’minlash masalasi birlamchi o‘rinda ekanligidan dalolat beradi, — dedi Aktam Haitov.

Partiya yetakchisi ishtirokidagi yana shunday tadbir Andijon shahridagi “Samoinurakfa LTD” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ham bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyat ishchi-xodimlariga Konstitutsiya loyihasining mazmuni tushuntirildi.

Partiyaning navbatdagi event tadbiri Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbirida 30 aprel kuni o‘tkaziladigan referendum haqida ham huquqiy tushunchalar berildi, ishtirokchilar unda faol ishtirok etishga chaqirildi.

M.Komilova, O‘zA