Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh qomusimiz — inson qadri va adolatning mustahkam kafolati
16:38 / 2025-12-05

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi, shuningdek 10 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Konstitutsiyaning jamiyat va insonlar hayotida tutgan o‘rni, uning normalari va moddalari ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati, shuningdek davlat ramzlaridan biri — madhiya haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Bayramning badiiy qismida  iqtidorli talabalar ishtirokida taqdim etilgan sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarning e’tibor markazida bo‘ldi.

Davlat ramzlariga hurmat, madhiyaga sadoqat, qonunlarga bo‘lgan ishonch — shu kabi tadbirlar orqali yoshlar qalbida mustahkamlanadi.

Nigora Rahmonova, O‘zA