FOTOREPORTAJ
Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Surxondaryoda ham tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33-yilligi ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda.
Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqa sohalar vakillari, nuroniylar hamda faol yoshlar ishtirok etgan tadbirda Konstitutsiyamiz mamlakatimizda milliy mustaqilligimizni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni saqlash, islohotlarimizning ortga qaytmas tus olishini ta’minlashda ishonchli kafolat ekani xususida so‘z yuritildi. Bundan 33 yil muqaddam qabul qilingan Bosh qomusimiz hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida yangi davrni boshlab bergani, yurtimizda huquqiy demokratik davlat, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
[gallery-26593]
Tantanali tadbirda taniqli san’atkorlar ijrosida Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar ijro etildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA