French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh qomusga kiritilayotgan o‘zgartirishlar “inson – jamiyat – davlat” prinsipiga asoslangan
14:45 / 2022-06-29

Joylarda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilmoqda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda qo‘mita raisi N.Oblomuradov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, Ekologik partiya fraksiyasi rahbari Xayrullo G‘afforov hamda boshqarma mutasaddilari ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda qonun loyihasi bilan Konstitutsiyaning 60 dan ortiq moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotgani bo‘yicha ma’lumot berildi. Shuningdek, Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar “inson – jamiyat – davlat” prinsipiga asoslanganligi, milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettirishi va amaldagi Konstitutsiyaning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutishi borasida so‘z yuritildi. 

Muhokamalar jarayonida qo‘mita xodimlari ham Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Bu kabi muhokamalar qo‘mitaning hududiy boshqarmalarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, taklif etilayotgan konstitutsiyaviy qonun loyihasida Konstitutsiyaning 60 dan ortiq moddalariga 200 dan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA