Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari FarDUda yoshlar bilan uchrashdi
15:40 / 2026-02-27

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yoshlar bilan ochiq muloqotlar mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, yosh avlodning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunar egallashi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, yurtimiz kelajagi, uning taraqqiyoti va ravnaqi, avvalo, bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlarga bog‘liqdir.

Ana shu ezgu maqsadlar ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Bahriddin Valiyev Farg‘ona davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari  oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov hamrohligida oliy o‘quv yurtining umumiy salohiyati, ilmiy va ta’lim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida universitetning bugungi holati, so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlari, moddiy-texnik bazasi, zamonaviy infratuzilmasi hamda istiqbolli rivojlanish rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, “Yoshlar kuni” munosabati bilan Bahriddin Valiyev universitetning Harbiy ta’lim fakulteti talabalari hamda sport yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan ochiq  muloqot o‘tkazdi.

Suhbat jarayonida huquqni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonun ustuvorligini ta’minlash, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. General-mayor Bahriddin Valiyev yoshlarga o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, taklif va mulohazalarini bildirdi. Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini qayd etib, ularga qimmatli maslahatlar berdi.

Mazkur tashrif yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning huquqiy ongi va faol fuqarolik pozitsiyasini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Nilufar Bozorova, O‘zA