Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuror: Saylov kampaniyasida davomida prokuraturaga 65 murojaat tushdi
15:04 / 2019-12-22

Xalqaro matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Bosh prokuror fuqarolarning saylash va saylanish huquqlarini ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilayotganini qayd etdi. Shu maqsadda prokuratura organlarida shtab tashkil etilgan.

Saylov kampaniyasi davomida saylov bilan bog‘liq 65 murojaat tushgan. Buning yarmidan ko‘pi nomzod sifatida ro‘yxatga olinmagan shaxslardan tushgan. Biroq, bu partiyalar vakolatiga kiradi va masalaga prokuratura aralashishga haqli emas.

Hokimlar harakatidan ham norozilik bildirilgan. Prokuratura tomonidan o‘rganilganda aniq dalillar aniqlanmagan.

Olmazor tumani 39-saylov uchastkasi hamda Namangandagi 32-saylov uchastkasida nomzodlar tomonidan tashviqot olib borishda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan. Ushbu nomzodlar tegishli tartibda ma’muriy huquqbuzarlikka tortilgan.