English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuror o‘rinbosari o‘qigan maktab butkul zamonaviylashdi
19:02 / 2022-08-08

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1979 yilda qurilgan, o‘tgan 42 yilda biror marotaba ham to‘la ta’mirlanmagan.

Endilikda muassasaning mavjud binolari ta’mirlanishi bilan bir qatorda 360 o‘rinli yangi o‘quv binosi ham qurildi.

Qizig‘i, xuddi shu maktabda O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari Shavkatjon Rahimov tahsil olgan, u o‘z maktabining sifatli va o‘z vaqtida qurilishiga bosh-qosh bo‘ldi.

«Kelajak zamon sardori» MCHJ rahbari Sanjarbek Tojiboyev boshchiligidagi quruvchilar brigadasi binolarning ichki va tashqi ko‘rinishida zamonaviy dizayndan ustalik bilan foydalangan.

Qisqa qilib aytganda, ta’lim dargohida o‘quvchi yoshlar hamda pedagoglar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Bugun mazkur maktabda 1 ming 424 nafar o‘g‘il-qiz saboq olmoqda. O‘quvchilarning kasbga qiziqishini e’tiborga olib, tillar yo‘nalishida variativ sinflar tashkil etilgan.

Bu sinflarda ona tili, ingliz tili fanlari chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi. O‘tgan o‘quv yilida maktabni 84 nafar o‘quvchi bitirgan. Ulardan 7 nafari oltin medal sohibi bo‘ldi. 32 nafar bitiruvchi esa oliy o‘quv yurtlarida tahsilni davom ettirmoqda.

Muhammadsoli Adashev,

Uchqo‘rg‘on tumanidagi 8 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori