FOTOREPORTAJ
Bosh prokuror o‘rinbosari Sherzod To‘xtaboyev Namangan shahridagi Yangi qurilish mahallasida ijtimoiy reyestrda turgan fuqarolar xonadonida bo‘ldi.
[gallery-19495]
O‘rganishlar davomida ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan fuqarolarning oilaviy sharoitlari bilan tanishilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini samarali hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mahallada oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda fuqarolarga berilayotgan yordamlar ko‘rib chiqildi. Mahalla ahli bilan suhbat tashkil etilib, ularni mavjud imkoniyatlardan foydalanishga, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga hamda ijtimoiy faoliyatni takomillashtirishga chaqirildi. Shu orqali mahalla ahlining ijtimoiy holatini yaxshilash, uy-joy sharoitini takomillashtirish va ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolarini hal qilish maqsad qilingan.
Bosh prokuror o‘rinbosari va viloyat prokurori Umirbek Madrahimov, sektorlar rahbarlari ishtirokidagi ishchi guruh shuningdek, mazkur mahalla yettiligi hamda mahallada tashkil etilgan yangi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishdi. Shahardagi ijtimoiy soha ob’ektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Jarayonni tez fursatda yakuniga yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA