Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bosh prokuror kubogi” g‘oliblari
15:21 / 2023-12-04

Buxoroda mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kurash sport turi bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” Respublika (final) bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikaning barcha viloyatlaridagi mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida kurash sport turi bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqalarining bosqichlari  o‘tkazilib, saralab olingan viloyat terma jamoalari qatnashdi.  

Musobaqada O‘zbekiston kurash federatsiya xodimlari, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Komil Yusupov, shuningdek, Buxoro viloyat prokurori, viloyat kurash federatsiyasi o‘rinbosari Mahmud Istamov, Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Najmiddinov hamda bir qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari so‘zga chiqdi.  

[gallery-14880]

Musobaqa 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan mahalla polvonlari o‘rtasida jamoaviy shaklda o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyati jamoasi polvonlarining qo‘li baland keldi va birinchi o‘rin sohibi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Buxoro viloyati jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rinni esa Samarqand va Surxondaryo viloyatlari jamoalari qo‘lga kiritdi.  

G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari